06/05/2025

Joriy yilning 5-may kuni Quva tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi M.Olimov tomonidan Quva tumani, “Qalinpo‘stin” MFYda istiqovat qiluvchi O.Ahmedovalar xonadonida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.


Axborot xizmati.