05/06/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-aprel oylarida Bag‘dod tumanida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 245,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtihganda o‘sish sur’ati 110,8 % ni tashkil etdi.