23/06/2025

2025-yilning yanvar-may oylarida Farg‘ona viloyatida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

- binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 71,4 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 108,4 % ni tashkil etdi;

- fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 22,9 % ulushni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 35,0 % ni tashkil etdi;

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 5,7 % ulushni va 2024-yilning mos davriga nisbatan 110,5 % ni tashkil etdi.