Viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tahlil qilganda, yetakchi o‘rinni 173 ta korxona bilan Xitoy davlati egalladi. Bu viloyatdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 33,1 foizini tashkil etdi. Farg‘ona viloyatining iqtisodiyotiga o‘z kapitalini kiritib hissasini qo‘shaytgan mamlakatlar orasida Rossiya Federatsiyasi (18,9%), Turkiya (12,4%), Qirg‘iz.Respublikasi (5,7%) va Janubiy Koreya (5,2%) ham alohida o‘rin egallaydi.