Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025-yilning yanvar-may oyida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1 033,1 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 129,5 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 2,3 % ga ko‘payib, 17,1 % ni tashkil etdi.
Shuningdek, kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,3 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 112,3 % ni tashkil etgan holda 3 289,2 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
Norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 28,6 % ni yoki 1 735,3 mlrd so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 100,9 % ni tashkil etdi.