Joriy yilning 25-iyun kuni viloyat statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Farg‘ona viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasi asosan “Farg‘ona viloyatining yanvar-may oylari holatiga sanoat sohasining statistik ko‘rsatkichlari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Sanoat va energetika statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O. Komilov, mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi G.Xadjayeva hamda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari, matbuot kotiblari qatnashdilar. Tadbirda 2025-yilning yanvar-may oylarida viloyat korxonalari tomonidan 18 913,3 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2024-yilning yanvar-may oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,2 % ni tashkil etganligi, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi 4 553,6 ming so‘mni, ishlab chiqaradigan sanoat mahsulotlari hajmi 17 441,7 mlrd so‘mni, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda 74,1 mlrd so‘mni, elektr gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashda 1 250,6 mlrd so‘mmi hamda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish 146,8 mlrd so‘mni tashkil etganligi haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari bugungu kunda sanoat korxonalarining statistik hisobotlarini qabul qilishdagi muammolar, ylarning yechimlari va kelgusida amalga oshiriliajak ishlar haqidagi berilgan savollarga mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirdilar.