26/06/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra 2025-yil yanvar-may oylari holatiga viloyatda aholi jom boshiga jami 4 553,6 ming so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Farg‘ona shahrida (13 462,8 ming so‘m), Qo‘qon shahrida (10 053,8 ming so‘m), Quvasoy shahrida (6 800,6 ming so‘m), Uchko‘prik tumanida (6 331,1 ming so‘m), o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan (4 553,6 ming so‘m) sezilarli darajada yuqoriligini ko‘rsatmoqda.