26/06/2025

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma'lumotiga ko‘ra, 2025-yil yanvar-may oylari holatiga Farg‘ona viloyatida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 146,8 mlrd so‘m miqdorida qayd etilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan to‘qimachilik chiqindilarida 120,8 % ni, oqova suvlarni yo‘qotish, transportirovka qilish va ishlov berish bo‘yicha xizmatlar 114,0 % ni tashkil etdi. Shuningdek, axlat o‘ralarni, tindirgichlarni va septiklarni bo‘shatish, tozalash va ishlov berish bo‘yicha xizmatlarda 131,0 % ni tashkil etdi.