Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54, 1 % i to‘g‘ri kelib, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 114,2 % ni tashkil etgan holda 5 376,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining 2024-yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’atlari:
O‘zbekiston tumanida - 2,3 marta
Dang‘ara tumanida - 1,8 marta
Quvasoy shahrida – 1,4 martaga oshganligi kuzatilgan.