Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Farg‘ona viloyati xorijga jami 29,7 mln AQSH dollari qiymatidagi 18,6 ming tonna qashqar gilos eksporti amalga oshirilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 2,4 ming tonnaga kamdir.