Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-avgust oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 15 224,4 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 56,2 %ni tashkil etdi. 2024- yilning yanvar-avgust oylarida kichik biznes sub’ektlarining umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 51,3 % ni tashkil etgan.