09/12/2025

Joriy yilning 28-noyabr kuni Farg‘ona shahridagi 45- umumiy o ‘rta ta’lim muassasasi o ‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, xafta davomida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-232-son Farmoni hamda 2025-yil 27-noyabr kunidagi “Intellektual faoliyat natijalarini rag‘batlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-358-son qarorlarining mazmun-mohiyatini va ahamiyatini yuzasidan ma’ruzasi tinglandi. Ma’ruzada, yuridik ta’lim va ilm-fan yanada isloh qilinishi, yuridik ta’lim va ilm-fan rivojlanishida erishiladigan asosiy vazifalar etib yuridik ta’lim samaradorligi va sifati ustidan nazoratni kuchaytirish belgilanganligi, Toshkent davlat yuridik universitetining (Universitet) 2030-yilgacha nufuzli Quacquarelli Symonds reytingida huquq sohasi bo‘yicha yuqori 1 000 talik universitetlar ro‘yxatiga kirishini ta’minlash, 2026/2027 o‘quv yilidan Universitetda tajriba tariqasida amaliy o‘qitish hamda klinik va dual ta’lim tamoyili asosida ta’lim olish tizimi joriy etilishi, bunda 2-,3-va 4-kurs talabalari uchun yuridik ta’lim dasturlarining 50 foizi auditoriyalarda, 50 foizi sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa yuridik sohaga oid tashkilotlarda o‘tkazilishi belgilanganligi haqida shu va ma’lumotlar haqida so‘z yuritdi. Shu bilan birga, 2026–2027 yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib, mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan intellektual mulk obyektlari sonini 100 mingtaga yetkazish, intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida texnologiyalaridan foydalanish orqali ekspertiza muddatlarini 2 barobarga qisqartirish belgilanligi, adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi” va “IP Protection” axborot portallari negizida “Intellektual mulk muhofazasi” portali ishga tushirilishi, intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni qabul qilish, intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq shartnomalarni onlayn tuzishni amalga oshirish kontrafakt tovarlar hamda intellektual mulk huquqlarini buzganligi uchun faoliyati cheklangan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish, “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasi bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkazilishi, 2026- yil 1- martdan tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlashda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uchun sud tomonidan javobgarlik choralari qo‘llangani reyting ballarini kamaytiruvchi hamda tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilariga ega bo‘lish qo‘shimcha ball beruvchi ko‘rsatkich hisoblanishi, intellektual mulk obyektlariga doir muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) dublikati to‘lov asosida onlayn shaklda berilishi haqida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, joriy yilning 7-oktabr sanasida Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 629-son qarori qabul qilinligi, mazkur qaror bilan Prezidentning 173-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanganligi, ishchi guruh bir oy muddatda Milliy statistika qo‘mitasining "Aholini ro‘yxatga olish axborot tizimi"ni, shu jumladan qishloq xo‘jaligini hisobga olish so‘rovnomalarini sinovdan o‘tkazish va uzluksiz ishlashini ta’minlashini, 2025-yil 15-oktabrga qadar "mahalla yettiligi" xodimlarining planshet qurilmalari sinovdan o‘tkazilib, ularga axborot tizimi o‘rnatilishi, aholini ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralgacha o‘tkazilishi va ro‘yxatga olishning boshlanish vaqti 2026-yil 15-yanvar soat 00:00 etib belgilanganligi shu va boshqa ma’lumotlar haqida tushuncha berildi.