Joriy yilning 19-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti A. Nurmatovga ochib va kun tartibiga qo‘yilgan Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini yanada takomillashtirish va zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-253-son farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 13-dekabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat, professional, konsalting, moliyaviy, injiniring, marketing, media, IT va operatsion xizmatlarni kompleks ko‘rsatish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-375-son qarorining mazmun-mohiyatini va ahamiyatini yuzasidan ma’ruzasi tinglandi. Xususan, Konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirishning ustuvor maqsadlari etib fuqarolar va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy odil sudlovga erishish, ularning buzilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini tiklash imkoniyatlarini kengaytirish, shaxslarning murojaatlari (shikoyatlari)ni ko‘rib chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlar va ovoragarchiliklarni bartaraf etish belgilanganligi, Konstitutsiyaviy sudga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish huquqi subyekti bo‘lmagan fuqaro yoki yuridik shaxs tomonidan Konstitutsiyaviy sudga taalluqli masala yuzasidan yo‘llangan murojaat Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan subyektga yuborilishi, Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega subyekt tomonidan shaxsning murojaatidagi masala Konstitutsiyaviy sudga kiritilmaganda muallifga ushbu masalani kiritishga asos mavjud emasligi tushuntirilib xabar berilishi va Konstitutsiyaviy sudga axborot taqdim etilishi haqida atroflicha tushuncha berildi. Bundan tashqari, kun tartibiga qo‘ilcgan ikkinchi masala yuzasidan 2026-yil 1-martdan tadbirkorlik faoliyatiga oid davlat xizmatlari va ayrim xususiy xizmatlarni tadbirkorlarga “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatish bo‘yicha “Biznes hamroh” loyihasi amalga oshirilishi, loyixa doirasida savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan boshqariladigan “Biznes hamroh” markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, dastlabki bosqichda “Biznes hamroh” markazlari Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar markazlarida 1 tadan tashkil etilishi haqida shu va boshqa ma’lumotlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birga, “Korrupsiya – taraqqiyot yo‘lidagi g‘ov” mavzusida ma’ruza tinglandi.




