Joriy yilning 16-yanvar kuni Farg‘ona Davlat unversiteti statistika yo‘nalishida tahsil olayotgan talablar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. tadbirni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi bosh yurist konsulti A. Nurmatov ochib, kun tartibidagi qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvar kungi “Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirida ishtirokini kengaytiris hamda tashqi bozorlarda o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4-son Farmoni qabul qilinganligi, unga ko‘ra, to‘qimachilik korxonalarini iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish va ular faoliyatiga manzilli ko‘maklashish bo‘yicha korxonalarni qo‘llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilishi belgilanligi, bunda korxonalarga tijorat banklari tomonidan 2 mln AQSh dollarigacha ular tomonidan xarid qilingan va to‘lovlari to‘liq amalga oshirilgan yoki o‘zi yetishtirgan xomashyoni garovga olgan holda yengil sanoatni rivojlantirish agentligi resurslari sog‘lomlashtirish imkoniyati mavjud deb topilgan korxonalarning avval olgan tijorat kreditlari muddatini 7 yilgacha uzaytirib berish, paxta xomashyosi xaridi uchun jalb qilingan kreditlar bo‘yicha 2026–2027 yillarda to‘lov grafiklarida yanvar-fevral oylari uchun belgilangan to‘lovlarni kredit shartnomasiga asosan oxirgi 6 oyga teng taqsimlangan holda to‘lashga ruxsat berilishi, ayrim tadbirkorlarga soliq imtiyozlari berilishi haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari, endilikda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilganligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvar kungi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-son qarori qabul qilinganligi, 2026 – 2030 yillarda aholining kitobxonlik darajasi (1 odam o‘qiydigan kitob soni)ni yiliga o‘rtacha 10 ta kitobga yetkazish etib belgilanganligi, Yoshlar ishlari agentligi huzurida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilishi, uning vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlanganligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Maktablarda “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etiladi.
Shuningdek, davra suxhatida “Korrpsiyaga qarshi kurash- davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil” mavzusida ma’ruza tinglandi.




