23/10/2026

Til — millatning bebaho boyligi, ma’naviy merosi va milliy o‘zligining yorqin ifodasidir. O‘zbek tili xalqimizning boy tarixi, qadriyatlari va asriy an’analarini o‘zida mujassam etgan bebaho xazinadir.

 1989- yil 21- oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimiz hayotidagi muhim tarixiy voqealardan biri bo‘ldi. Ushbu sana ona tilimizning jamiyat hayotidagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

 Davlat tili — milliy qadriyatlarimiz, birlik va taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir. Ona tilimizning nufuzi va mavqeyi yanada yuksalib, kelajak avlodlarga boy ma’naviy meros sifatida yetib borsin!

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etadi!