24/11/2026

 Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda qo‘y va echkilar soni 881,6 ming boshni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 foizga oshdi.

🐐 Xo‘jalik toifalari bo‘yicha qo‘y va echkilar soni:

 Fermer xo‘jaliklarida — 112,1 ming bosh

Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida — 756,1 ming bosh

 Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda — 13,4 ming bosh.

 Tahlillarga ko‘ra, viloyatdagi qo‘y va echkilarning asosiy qismi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning jami qo‘y va echkilar sonidagi ulushi 85,8 foizni tashkil etdi.