Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar soni 9 223,6 ming boshni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 99,7 foizni tashkil etib, parrandalar sonida 0,3 foizlik kamayish kuzatildi.
Parrandalar soni xo‘jalik toifalari kesimida:
Fermer xo‘jaliklarida — 1 781,8 ming bosh;
Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida — 5 176,2 ming bosh;
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda — 2 265,6 ming bosh.
Tahlillarga ko‘ra, viloyatdagi jami parrandalarning 56,1 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Eng yuqori o‘sish sur’ati fermer xo‘jaliklarida kuzatilib, ularda parrandalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,3 foizga oshdi.
24/11/2026



