Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda otlarning umumiy soni 9,0 ming boshni tashkil etdi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,4 foizga oshib, o‘sish sur’ati 113,4 foizni tashkil etdi.
Xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha otlar soni quyidagicha taqsimlangan:
Fermer xo‘jaliklarida — 3,5 ming bosh
Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida — 4,8 ming bosh
Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda — 0,7 ming bosh.
Ma’lumotlardan ko‘rinishicha, viloyatda otlarning eng katta qismi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng yuqori o‘sish sur’ati esa qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda qayd etilgan.




