Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularda ko‘tarilgan masalalarni hal etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2026-yilning yanvar–oktabr oylarida boshqarmaga jami 63 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 42 tasi yuridik, 21 tasi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Murojaatlarning barchasi belgilangan tartibda va o‘z muddatida ko‘rib chiqildi. Xususan, 58 ta murojaat ijobiy hal etilib, 5 tasi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Murojaatlar mazmuni bo‘yicha tahlil qilinganda:
Davlat registri, faoliyat turi va statistik kodlarga oid masalalar — 18 ta;
Statistik hisobotlar va kuzatuv so‘rovnomalarini to‘ldirish hamda taqdim etish masalalari — 18 ta;
Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar va boshqa statistik ma’lumotlarni olish — 14 ta;
Ish staji va ish haqiga oid arxiv ma’lumotlarini olish — 8 ta;
Ro‘yxatga olish tadbirlariga oid masalalar — 5 ta.
Hududlar kesimida eng ko‘p murojaat Farg‘ona shahridan kelib tushgan bo‘lib, ularning soni 15 tani yoki jami murojaatlarning 23,8 foizini tashkil etdi.
Aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan bevosita muloqot qilishda sayyor qabullar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hisobot davrida boshqarma rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida 21 ta murojaat qabul qilindi.
Har bir murojaat ortida inson manfaati, uning ehtiyoji va muammosi mujassam. Murojaatlarga o‘z vaqtida va mas’uliyat bilan yondashish esa aholining davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.




