25/11/2026

“Yangi Farg‘ona” gazetasining navbatdagi sonida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyevning “Farg‘onaning o‘sish nuqtalari” sarlavhasi ostidagi tahliliy maqolasi chop etildi.

 Maqola viloyatning 2026-yil yanvar–sentabr oylaridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida erishilgan natijalar statistik ko‘rsatkichlar asosida yoritilgan.

Xususan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, investitsiyalar, xizmatlar sohasi, ichki va tashqi savdo hamda tadbirkorlik faoliyatidagi o‘zgarishlar, o‘sish sur’atlari va rivojlanish tendensiyalariga e’tibor qaratilgan.