25/11/2026

“Rishton haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida gazeta muxbiri Sherzod Siddiqovning “Biznesni ro‘yxatga olish — tekshiruv emas, rivojlanish poydevori” sarlavhasi ostidagi maqolasi chop etildi.

Maqola mamlakatimizda o‘tkazilayotgan biznesni ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati, maqsadi va iqtisodiy taraqqiyotdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan.

Biznesni ro‘yxatga olish tadbiri tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish emas, balki iqtisodiyotning haqiqiy manzarasini shakllantirish, hududlarning iqtisodiy salohiyatini baholash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ishonchli statistik ma’lumotlar bazasini yaratishga qaratilgan muhim jarayondir.

Mazkur tadbirning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyos.