Joriy yilning 18-iyun kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E. Тashbekov, Quva tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Pozilov hamda shu bo‘lim mutaxassisi A.Mirzayevlar ishtirokida Quva tumanida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlariga borib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligini kuzatdilar hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan suhbatlashishdi.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida hududlardagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha hududiy statistika bo‘limi narxlarni ro‘yxatga oluvchi xodimlariga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.
Axborot xizmati.