Joriy yilning 18- iyun kuni Oltiariq tumani Tadbirkorlar uyi binosida tumanga qarashli mahalliy davlat tashkilotlari va iqtisodiyot tarmoqlari xodimlari ishtirokida yangi ishga tushirilgan E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizim bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi boshlg‘i А.Тeshaboyev, “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi boshlg‘ning o‘rinbosari M.Axmedova hamda Oltiariq tumani statistika bo‘limi mutaxassisi B.Siddiqovlar qatnashib, ishtirokchilarga yangilangan E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi haqida atroflicha tushuncha berib, 2021- yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha taqdim etiladigan choraklik statistik hisobotlar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari hamda so‘ngi to‘rt yil ichida qabul qilingan qaror va va farmonlar tadbirkorlik subuyektlarining moliyaviy holatini yaxshilash, ulardagi hisob tizimini to‘g‘ri va haqqoniy yuritish, ma’lumotlarni elektron tarzida yig‘ish va ishlov berish imkoniyatlaritdan foydalangan holda statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni yanada qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga keng va atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati.