Joriy yilning 19- iyun kuni Quva tumani Tibbiyot kolleji binosida tumanga qarashli mahalliy davlat tashkilotlari va xo‘jalik tarmoqlari xodimlari ishtirokida yangi ishga tushirilgan E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizim bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi boshlg‘i А.Тeshaboyev, “Demografiya va mehnat statistikasi” bo‘limi boshlg‘ning o‘rinbosari M.Axmedovalar qatnashib, ishtirokchilarga yangilangan E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizimi haqida atroflicha tushuncha berib, chorak yakunlari bo‘yicha taqdim etiladigan choraklik statistik hisobotlar, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklar, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari, tadbirkorlik subuyektlarining moliyaviy holatini yaxshilash, ulardagi hisob tizimini to‘g‘ri va haqqoniy yuritish, ma’lumotlarni elektron tarzida yig‘ish va ishlov berish imkoniyatlaritdan foydalangan holda statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni yanada qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati.