Barchamizga ma’lum mamlakatimizning barcha hududlarida 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘quv seminarlari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, joriy yilning 23- iyun kuni Beshariq tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5655-sonli farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda yuman statistika bo‘limi boshlig‘i O.KOmilov. ishtirok etib, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi,respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olish va kelajakda manzilli dasturlarni qabul qilishda xizmat ko‘rsatishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati