Joriy yilning 23-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan Furqat tumani statistika bo‘limi mutaxassisi U.Yusufjonov va “Shoyimbek” MFY faollari ishtirokida mahalla hududining sxematik xaritasini o‘rganish jarayoni olib borildi. O‘rganish jarayonida ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini to‘liq shakillantrish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi. Bundan tashqari 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ro‘yxatga olishni amalga oshirish chora-tadbirlar yuzasidan aholiga tushunchalar berdi.
Furqat tumani statistika bo‘limi.