Barchamizga ma’lum mamlakatimizning barcha hududlarida 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish jarayoniga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Mana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 23-iyun kuni Furqat tumani hokimligida tuman mahalla fuqarolar yig‘ini mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i B.Shermatov ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining mohiyati va mazmuni, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi va boshqa ijtimoiy-demografik o‘ziga xosliklar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarni olish va kelajakda manzilli dasturlarni qabul qilishda xizmat ko‘rsatishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati.