Joriy yilning 30-iyun kuni Farg‘ona viloyati iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qasqartirish bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan mas’ul bo‘lgan viloyat hududiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hududiy komissiya a‘zolari hamda shahar tuman hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E.Tashbekov so‘zga chiqib, 2021-yilning 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda joriy yilning 2-yarim yillikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildi. U o‘z so‘zida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida o‘quv seminarlari, ommaviy-axborot vositalari orqali mavzuga doir chiqishlar, aholi gavjum bo‘lgan joylarda o‘rnatilgan monitorlar orqali tadbirning butun mohiyatini yorituvchi roliklar namoyishi yo‘lga qo‘yilganligi, bundan tashqari Farg‘ona viloyati “Yer resurslari va davlat kadastri” boshqarmasi bilan hamkorlikda shahar va tumanlardagi statistika bo‘limlarini jalb qilgan holda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan miqdorda aholi yashash punktlarining kartografik chizma materiallarini tayyorlash ishlari olib borilayotganligi haqida axborot o‘tdi.
Yig‘lish qatnashchilari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va kelgusi ish rejalarini belgilab oldilar.
Axborot xizmati.