Joriy yilning 28- iyul kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining markaziy apparati, hududiy statistika organlari, tizimdagi tashkilotlardagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish to‘g‘risida Tartib”ning 3-bob, 16-bandi hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2021-yil 3-maydagi 173-k-sonli buyrug‘i hamda Boshqarmaning 2021-yil 4-iyundagi 73-f sonli buyrug‘iga asosan vakant lavozimi uchun suhbat o‘tkazildi. Tanlov komissiyasi o‘z faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshirdi.
Axborot xizmati.