06/08/2021

O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat televideniyasi bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini  amalga oshirmoqda.

photo2021-08-0713-04-42
photo2021-08-0713-04-35
photo2021-08-0713-04-49
photo2021-08-0713-04-42 photo2021-08-0713-04-35 photo2021-08-0713-04-49

O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi  boshlig‘i O.Abdullayev  O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha viloyat televideniyasiga  bergan intervyusida mahalla fuqarolar yig‘inlarida,  ta’lim muassasalarida,  korxona va tashkilotlarida seminarlar o‘tkazilayotganligi, ko‘cha nomlari va xonadonlarning raqamlanishi, tumandagi har bir aholi punktlarining sxematik xaritalarini qayta ko‘rib chiqish kabi ishlar haqida  so‘zlab berdi.

 

Axborot xizmati.