30/08/2021

2020-yilning 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, 2021-yilning 30-avgust kuni Viloyat statistika boshqarmasida mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda sanoat statistikasi bo‘yicha vebinar bo‘lib o‘tdi.

Vebinarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Sanoat statistikasi boshqarmasi bo‘lim boshlig’i E.Babaxanov, viloyat statistika boshqarma boshlig’ining 1-o‘ribosari E.Tashbekov, sanoat statistikasi bo‘limi boshlig’i Sh.Zokirov hamda shaxar va tuman statistika bo‘limi rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

photo2021-08-3017-35-56
photo2021-08-3017-36-06
photo2021-08-3017-36-17
photo2021-08-3017-36-02
photo2021-08-3017-36-11
photo2021-08-3017-35-56 photo2021-08-3017-36-06 photo2021-08-3017-36-17 photo2021-08-3017-36-02 photo2021-08-3017-36-11

Vebinar davomida sohaga oid savol-javob o‘tkazildi. Shaxar va tuman statistika bo‘limlarining xodimlari savollarga javob berish jarayonida asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha sanoat hajmining tarkibi, hamda Davlat statistika qo‘mitasining 2020-yil 13-apreldagi 24-son buyrug‘i, 2020-yil 1-dekabr kungi 114-son buyruqlari ijrosi bo‘yicha kichik korxona va mikrofirmalar faoliyatini statsitik ko‘rsatkichlarini sifatli baholashni tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.