Joriy yilning 7-sentabr kuni Uchko‘prik tumani maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi. Seminarda tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Yu. Karimov so‘zga chiqib, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda va monitoringni yuritishda, aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar va dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi.
Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi.