08/09/2021

So‘nggi yillarda zamonaviy boshqaruv uslublarini amaliyotga joriy etish, nazorat qilish va ijroni tekshirish shakllarini takomillashtirish, talabchanlikni kuchaytirish borasida amalga oshirilgan muayyan ishlar va davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha qatʼiy chora-tadbirlar murakkab sharoitlarda davlat qurilishining serqirra vazifalarini amalga oshirish, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni chuqurlashtirishni taʼminlash, respublikani barqaror hamda jadal rivojlantirish imkonini bermoqda.

Qonunga ko‘ra, rasmiy statistika davlat statistika organlari va rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari tomonidan tayyorlanadigan hamda tarqatiladigan statistika ma’lumotlaridan iborat.

Davlat statistika qo‘mitasi sohada vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 Jismoniy va yuridik shaxslar (shu jumladan ularning alohida bo‘linmalari, filiallari va vakolatxonalari) rasmiy statistikadan foydalanuvchilar bo‘lishi mumkin.

Qonunga ko‘ra, ko‘p yillik statistika dasturi umuman milliy statistika tizimi uchun ishlab chiqiladi va rasmiy statistikaning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydi.

Bir yillik statistika dasturi ko‘p yillik statistika dasturini bajarish maqsadida ishlab chiqiladi.

Ko‘p yillik statistika dasturlari Prezident tomonidan, bir yillik statistika dasturlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘RQ-707-son Qonunida Rasmiy statistikani tayyorlash uchun yig‘iladigan, ishlov beriladigan va saqlanadigan statistika ma’lumotlari, agar ular jismoniy yoki yuridik shaxslarni bevosita yoki bilvosita identifikatsiyalash imkonini bersa hamda ularga taalluqli individual ma’lumotlarni oshkor qilsa, maxfiy hisoblanadi deb ta’kidlab o‘tilgani.

Ilmiy-tadqiqot maqsadlari uchun taqdim etiladigan maxfiy statistika ma’lumotlari tarkibida identifikatorlar bo‘lishi mumkin emas.

Rasmiy statistika mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tahlil qilish va baholash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida, shuningdek jamoatchilikni xabardor qilish, rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun e’lon qilinadi.

 

 

Axborot xizmati.