“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2021- yil 2- avgustdagi O‘RQ-705-sonli Qonuni qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 2-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-705-son, Qonuni bilan bir necha qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar, to‘ldirishlar kiritilganligini, jumladan qonunning 2-moddasiga ko‘ra: O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 10, 473-modda; 2010-yil, № 5, 177-modda; 2016-yil, № 12, 383-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 5, 265, 267-moddalar, № 9, 589, 592-moddalar; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) 28-moddasiga (“28-modda. Fuqarolarning roziligisiz tibbiy yordam ko‘rsatish, profilaktik emlash”)
Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida qonunchilikda belgilangan tartibda aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi mumkinligi ta’kidlab o‘tilgan.
Axborot xizmati.