Joriy yilning 6-sentabr kuni barcha joylardagi kabi Quvasoy shahar Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 26- umumta’lim maktabida o‘quv yilini boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari va ota-onalar ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirda, shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Q.Sodiqov, bo‘lim mutaxassisi E. Rahmonovlar qatnashdi.
Xususan, tadbir ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuncha berib, bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad-mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berildi.
Quvasoy shahar statistika bo‘limi.