Joriy yilning 6-sentabr kuni barcha joylardagi kabi Yozyovon tumani Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 13- umumta’lim maktabida o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari va ota-onalar ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirda tuman statistika bo‘limi boshlig‘I A.Aripov qatnashdi.
Xususan, u o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli Qarorining mazmun va mohiyati haqida tushuncha berib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berildi.
Yozyovon tumani statistika bo‘limi.