09/09/2021

Joriy yilning 8-sentabr kuni, Uchko‘prik tumaniga qarashli “Chorbog” mahalla fuqarolar yig‘ining faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, tuman statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi O.Karimov qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyati haqida va bu tadbir mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

 

photo2021-09-0917-05-12
photo2021-09-0917-05-09
photo2021-09-0917-05-12 photo2021-09-0917-05-09

Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi.