09/09/2021

Barcha joylardagi kabi joriy yilning 8-sentabr  kuni O‘zbekiston tumanidagi  24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi ishtirokida aholini ro‘yxatga olishi bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, tuman statistika bo‘limio boshlig‘i O.Abdullayev qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan so‘z yuritdi. Ushbu jarayonda olingan ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi.

photo2021-09-0917-08-18
photo2021-09-0917-08-15
photo2021-09-0917-08-13
photo2021-09-0917-08-18 photo2021-09-0917-08-15 photo2021-09-0917-08-13

                                                      O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.