Joriy yilning 10-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari E. Тashbekov, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i X.Mo‘minov hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Numonovalar ishtirokida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining xizmatlar guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligini kuzatdilar hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida hududlardagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha hududiy statistika bo‘limlariga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.