13/09/2021

Joriy yilning 13 - sentabr kuni Dang‘ara tumanidagi “Dashtcho‘lpon” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

photo2021-09-1316-41-53
photo2021-09-1316-41-55
photo2021-09-1316-41-53 photo2021-09-1316-41-55

Seminarda tuman statistika bolimi yetakchi mutaxassisi S.Abdurahimov ishtirokchilarga  aholini ro‘yxatga olish jarayoni 2023-yilda 1-noyabrdan-25 noyabrgacha o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida axborot berdi.

Dang‘ara tumani statistika bo‘limi.