Joriy yilning 13-sentabr kuni Oltiariq tumaniga qarashli 41-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarori mazmun-mohiyati tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminar davomida Oltiariq tumani statistika bo‘limi mutaxassisi B.Siddiqov ishtirokchilarga qarorning mazmuni bilan qisqacha tanishtirib o‘tar ekan, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida keng va atroflicha tushuncha berdi.
Oltiariq tumani statistika bo‘limi.