Joriy yilning 13- sentabr kuni Bag‘dod tumani “Bag‘dod” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi K. Imomov ochib, ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida keng va atroflicha tushuncha berdi.
Bag‘dod tumani statistika bo‘limi.