O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi tomonidan joriy yilning 14-sentabr kuni 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi boshlig‘i O.Abdullayev ishtirokchilarga aholini ro‘yhatga olish 2023- yilning 1-25 noyabr kunlari o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi kabi ma’lumotlarni keng va atroflicha tushuntirib berdi.
O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.