14/09/2021

Joriy yilning 14-sentabr kuni Farg‘ona tumani “Obod” mahalla fuqarolar yug‘ini faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi  “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.

photo2021-09-1609-53-29
photo2021-09-1609-53-31
photo2021-09-1609-53-29 photo2021-09-1609-53-31

 Farg‘ona tumani statistika bo‘limi  yetakchi mutaxassisi  N.Valijonova qarorning mazmun va mohiyatini tushuntirar ekan, u xususan, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, mehnat resurslari, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha  manzilli dasturlarni ishlab chiqishda  katta  manbaa ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Farg‘ona tumani statistika bo‘limi.