Oltiariq tumani statistika bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan viloyat televideniyasi bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirmoqda.
Chunonchi, tumani statistika bo‘limi boshlig‘I Sh. Mamadaliyev O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha viloyat televideniyasiga bergan intervyusida joylarda, ya’ni mahalla fuqarolar yig‘inlarida, ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarida aholini ro‘xatga olish bo‘yicha seminarlar o‘tkazilayotganligi, 72 ta mahalla fuqarolar yig‘ini va 18 ta aholi punklarining sxematik xaritalarini hakorlikda qayta ko‘rib chiqish kabi ishlar amalga oshirilayotganligi haqida so‘zlab berdi.
Axborot xizmati.