15/09/2021

Quva tumani statistika bo‘limi bosh mutaxassisi V.Mirzayev  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020-yil 11-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining mazmun va mohiyatini keng jamoatchilik ommaga viloyat radiosi orqali targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. U xususan – “Aholini ro‘yxatga olish jarayoni bizga nima beradi?”-degan savolga quyidagicha javob berdi.

photo2021-09-1610-07-36
photo2021-09-1610-07-36

Аholini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barcha aholiga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil qilish va eʼlon qilishning yagona jarayonini o‘z ichiga olib, aholi to‘g‘risidagi maʼlumotlarning asosiy manbaihisoblanishi va u kelgysi l0-30 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratishi, hududlarni rivojlantirish va jamiyatning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur maʼlumotlarni olish,  aholi sonini ishonchli hisoblash, shuningdek, aniq belgilab qo‘yilgan yagona hisobga olish davrida aholining jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi. yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yakka tartibda hisobga olish va batafsil tavsiflashning universal usulini ishga solgan holda rasmiy statistika tizimida asosiy ro‘l o‘ynashi haqida axborot berib o‘tdi.

                                                                                                                     Axborot xizmati.