15/09/2021

Barcha joylardagi kabi joriy yilning 15-sentabr kuni Toshloq tumaniga qarashli 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘. Mamajonov ishtirok etib, u o‘z so‘zida ishtirokchilarga  aholini ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, bundan tashqari aholini ro‘yxatga olish tadbiri aholi soni, yashash sharoiti, ma’lumoti, bandligi, yoshi, jinsi, millat tarkibi, respublika hududida aholining joylashuvi kabi shu va boshqa ma’lumotlarni berdi.

 

photo2021-09-1610-07-52
photo2021-09-1610-07-50
photo2021-09-1610-07-55
photo2021-09-1610-07-45
photo2021-09-1610-07-52 photo2021-09-1610-07-50 photo2021-09-1610-07-55 photo2021-09-1610-07-45

Axborot xizmati.