Joriy yilning 16-sentabr kuni O‘zbekiston tumani “Jonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710- sonli qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarni O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi boshlig‘I O.Abdullayev kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida ushu jarayonga tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani, uning dolzarbligi haqida to‘xtaldi. Shundan so‘ng so‘zni viloyat statistika boshqarmasi bosh mutaxassisi U.Mahmudovga berildi. U o‘z so‘zida qarorning mazmun va mohiyatini tushuntirar ekan, u xususan, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, mehnat resurslari, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga keng va to‘liq javob berildi.
O‘zbekiston tumani statistika bo‘limi.