Joriy yilning 17-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i X.Mo‘minov hamda Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Xolboyevlar ishtirokida «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, narxlarning ko‘rsatkichlari va ularning shaffofligini kuzatdilar hamda narx-navolarning o‘zgarish sabablari yuzasidan suhbat va tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida hududlardagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha hududiy statistika bo‘limlariga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Kuzatuvlar davom etmoqda.