Joriy yilning 17- sentabr kuni Qo‘shtepa tumani 41- umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda viloyat statistika boshqarmasi mutaxassisi G‘. Mamajonov tadbir ishtirokchilariga aholini ro‘yxatga olish jarayoni mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotganligi, aholini ro‘yxatga olish 2023 yil 1-25 noyabr kunlari o‘tishi va bu tadbir 3 bosqachda amalga oshirilishi, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, ro‘yxatga olish ishlarining o‘tkazilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, ro‘yxatga olish natijalarini tahlil qilish O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshirilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati.